Vazirning birinchi oʻrinbosari Qoraqalpogʻistonda abituriyentlarning ota-onalari bilan suhbatlashdi

Bugun, 1-avgust kuni respublikamizning barcha hududlari qatorida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahridagi 6 oʻrinda 2023-2024 oʻquv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari boshlandi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Komiljon Karimov Respublika oʻyin turlari va yengil atletika boʻyicha ixtisoslashtirilgan bolalar va oʻsmirlar sport maktabida oʻtkazilayotgan test sinovlari jarayonini koʻzdan kechirdi.
Shuningdek, shu yerda abituriyentlarning ota-onalari uchun yaratilgan sharoitlar, test jarayonini onlayn kuzatish imkoniyati bilan tanishdi. Ota-onalar bilan oʻtkazilgan muloqotda Qoraqalpogʻiston Respublikasi abituriyentlari uchun bu yilgi qabulda davlat granti asosida 3 ming oʻrin ajratilganligi, shu bilan birga, yoshlarni oliy ta’limga qamrab olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida ma’lumotlar berdi.
Nukus DPI matbuot xizmati.
