Vazir oʻrinbosari Nukus davlat pedagogika institutining yangi oʻquv binosini koʻzdan kechirdi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Sarvarxon Buzrukxonov Qoraqalpogʻiston Respublikasiga boʻlgan xizmat safari doirasida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutiga tashrif buyurib, yangidan qurib bitkazilgan ikki ming oʻrinlik oʻquv binosini koʻzdan kechirdi.
Vazir oʻrinbosari yangi oʻquv binosidagi oʻquv xonalari, laboratoriyalar, axborot-resurs hamda axborot texnologiyalari markazlaridagi sharoitlar bilan tanishdi.
Shuningdek, oʻquv binosi qoshida qurilishi rejalashtirilgan sport maydonchasi boʻyicha tegishli koʻrsatmalar berdi.
Vazir oʻrinbosarining Qoraqalpogʻiston Respublikasiga xizmat safari davom etmoqda.
Nukus DPI matbuot xizmati.
