Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim boʻyicha oʻqishga kirish uchun onlayn roʻyxatdan oʻtish davom etmoqda

2024-2025-oʻquv yilida ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlim (ikkinchi mutaxassislik) uchun talabgorlarni onlayn roʻyxatdan oʻtkazish Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Yagona taʼlim xizmatlari portali my.edu.uz orqali joriy yilning 10-avgust kuniga qadar onlayn shaklda amalga oshiriladi.

Bunda nomzodlar platformada:

– oʻzining pasport maʼlumotlari, JSHSHIR maʼlumoti haqida axborotlarni kiritadi;

– diplom va uning ilovasining elektron nusxasini yuklaydi;

– hamda oʻqish istagini bildirgan oliy taʼlim muassasasi va taʼlim yoʻnalishini tanlaydilar.

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida 2024-2025-oʻquv yili uchun ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimga (ikkinchi mutaxassislik) quyidagi taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha onlayn hujjatlar qabul qilinmoqda.

Kundizgi taʼlim yoʻnalishlari:

1) Xorijiy til va adabiyot: ingliz tili;

2) Oʻzga tilli guruhlarda rus tili.

Sirtqi taʼlim yoʻnalishlari:

1) Maktabgacha taʼlim;

2) Milliy gʻoya, maʼnaviyat asoslari va huquq taʼlimi;

3) Pedagogika;

4) Tarix.

Kechki taʼlim yoʻnalishlari:

1) Biologiya;

2) Fizika va astronomiya;

3) Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari;

4) Kimyo;

5) Matematika va informatika;

6) Ona tili va adabiyoti: qoraqalpoq tili va adabiyoti;

7) Oʻzbek tili va adabiyoti.

Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim boʻyicha oʻqitish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Ma’lumot uchun, ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim olish tartibi to‘g‘risida quyidagi havola orqali batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

https://lex.uz/uz/docs/-5657199

1

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutiga 2024-2025-oʻquv yili uchun ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimga (ikkinchi mutaxassislik) qabul qilish tartibi

Yuklab olish

2

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutiga 2024-2025-oʻquv yili uchun ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlim (ikkinchi mutaxassislik) yoʻnalishlari (kundizgi, sirtqi, kechki) va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar roʻyxati

Yuklab olish

NukusDPI matbuot xizmati.