Bugun – test sinovlarining yakunlovchi kuni

Bugun, 25-iyul – Qoraqalpogʻiston Respublikasida 2024-2025-oʻquv yili uchun oliy va professional taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish test sinovlarining yakunlovchi kuni.
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti tomonidan Respublika oʻyin turlari va yengil atletika boʻyicha ixtisoslashtirilgan bolalar va oʻsmirlar sport maktabida oʻtkazilayotgan test sinovlarida ishtirok etadigan abituriyentlar va ota-onalari uchun kutish joylari, test jarayonini onlayn kuzatish imkoniyati, shuningdek, boshqa da zarur sharoitlar yaratildi.
Test sinovlari toʻliq videokuzatuv orqali onlayn translyatsiya qilinmoqda hamda jarayonni test2024.uz sayti orqali onlayn kuzatib borish imkoniyati yaratilgan.
NukusDPI matbuot xizmati.
