Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi hamda mahalliy kengashlar deputatlari saylovi kampaniyasiga start berildi

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 128-moddasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14-, 36-moddalariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengashlar deputatlari saylovlari 2024-yil 27-oktyabr, yakshanba kuni oʻtkaziladi.

Markaziy saylov komissiyasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Saylov kodeksida belgilangan muddatlardan kelib chiqib, bugundan, yaʼni 2024-yil 26-iyuldan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovlari boʻyicha saylov kampaniyasiga start berilib, Kalendar reja tasdiqlandi.

Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi Raisi Zayniddin Nizamxodjayev maʼlum qildi.

NukusDPI matbuot xizmati.