Rasmiy munosabat

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi va Hazorasp tumani boʻlimi tomonidan IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar G.X. va Ch.R. fuqaro X.B.ni tanishlari yordamida Nukus davlat pedogogika institutining maktabgacha taʼlim yoʻnalishi boʻyicha oʻqishga kiritib qoʻyishi evaziga 2 750 AQSH dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Nukus davlat pedagogika instituti yuqorida taʼkidlab oʻtilgan fuqarolarning institutga hech qanday aloqasi yoʻq ekanligini maʼlum qiladi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

NukusDPI matbuot xizmati.