Diqqat, e’lon! 2024-2025-o‘quv yili uchun “Mirzo Ulugʻbek vorislari” oʻquv kursiga qabul e’lon qilinadi
Mazkur oʻquv kurslariga joriy yilda davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat bosqichi 2-kursini bitirib, uchinchi kursiga o‘tgan, akademik qarzdorligi bo‘lmagan iqtidorli talabalari saralash asosida qabul qilinadi.
Oʻquv kurslariga “Mirzo Ulug‘bek vorislari” – “Data science” o‘quv kursi tanlovini tashkil etish va tanlov uchun har bir davlat oliy ta’lim muassasalaridan 60 nafar iqtidorli va salohiyatli talabalarni jalb etish rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun: Oʻquv kurslarida talabalar mutaxassisligi va ta’lim yo‘nalishidan qat’iy nazar o‘qishdan ajralmagan holda ishtirok etadi va zamonaviy kasb egallash imkoniga ega bo‘ladi.
Oʻquv kurslariga saralash bosqichida g‘olib deb topilgan hududlardagi talabalarga o‘quv yili davomida o‘qishini mutaxassisligi bo‘yicha Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalarida akademik mobillik asosida tashkil etiladi.
Shuningdek, Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan tinglovchilar uchun o‘quv kurslarida o‘qishi davomida bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt baravari miqdorida har oyda bir marotaba rag‘batlantirib boriladi hamda zamonaviy noutbuk taqdim etiladi.
Iqtidorli talaba-yoshlar orasida “Mirzo Ulugʻbek vorislari” oʻquv kurslari boʻyicha belgilangan talablarga to‘g‘ri keladigan nomzodlar joriy yilning 15-avgust kuniga qadar https://dscience.uz/ orqali roʻyxatdan oʻtishlarini soʻraymiz.