NukusDPIda texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni oʻqishga qabul qilish uchun oʻtkaziladigan suhbat jadvali va baholash mezoni tasdiqlandi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida 2024-2025-oʻquv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha suhbat oʻtkazish jadvali va baholash mezoni tasdiqlandi.

Suhbat oʻtkazish jadvali va baholash mezonini PDF formatda quyidagi havola orqali yuklab olishingiz mumkin.

NMPI texnikum sáwbet ótkeriw kestesi 2024-2025

NMPI texnikum sáwbet bahalaw kriteriyası 2024-2025

Eslatma: Abituriyent suhbatga oʻzi bilan birga fuqarolik pasporti (ID-karta), texnikumni tamomlaganligi toʻgʻrisida hujjat va uning ilovasini olib kelishi shart. Belgilangan vaqtdan kechikkan abituriyentlar uchun qayta suhbat oʻtkazilmaydi.

Suhbat Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-yanvardagi “Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga suhbat asosida oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 17-son qarori asosida oʻtkaziladi.

NukusDPI matbuot xizmati.