Yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi

2024-2025-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi.

Tanlov natijalarini 4 xil usulda bilish mumkin.

1) my.uzbmb.uz sayti orqali:

my.uzbmb.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda;

2) mandat.uzbmb.uz sayti orqali:

mandat.uzbmb.uz saytiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda;

3) SMS-xabarnoma xizmati orqali:

– 5100 raqamiga abituriyentning ID raqami yuborilganda, mazkur telefon raqamiga tanlov natijalari bo‘yicha SMS-xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud);

4) Test natijalari qaydnomasi orqali:

– Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.

NukusDPI matbuot xizmati.