NukusDPIda texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni oʻqishga qabul qilish uchun suhbat oʻtkazilmoqda

Bugun, 22-avgust kuni Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida 2024-2025-oʻquv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha suhbat oʻtkazish jarayoni boshlandi.

Tasdiqlangan jadval asosida bugun bakalavriatning maktabgacha taʼlim yoʻnalishiga suhbat boʻlib oʻtdi.

Suhbat jarayoniga institutning malakali professor-oʻqituvchilari bilan birgalikda sohada muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan pedagoglar jalb qilinib, abituriyentlarning tayyorgarligi munosib baholandi.

Shuningdek, jarayonning adolatli, ochiq oʻtishi institutning korrupsiyaga qarshi kurash “Komplayens-nazorat” tizimini boshqaruv boʻlimi masʼullari tomonidan nazoratga olindi.

Eslatib oʻtamiz, ertaga, 23-avgust kuni belgilangan jadval asosida bakalavriatning jismoniy madaniyat yoʻnalishiga qabul uchun suhbat boʻlib oʻtadi.

Eslatma: Abituriyent suhbatga oʻzi bilan birga fuqarolik pasporti (ID-karta), texnikumni tamomlaganligi toʻgʻrisida hujjat va uning ilovasini olib kelishi shart. Belgilangan vaqtdan kechikkan abituriyentlar uchun qayta suhbat oʻtkazilmaydi.

Suhbat Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-yanvardagi “Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga suhbat asosida oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 17-son qarori asosida oʻtkaziladi.

NukusDPI matbuot xizmati.