Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni oʻqishga qabul qilish uchun suhbatning ikkinchi kuni

Bugun, 23-avgust kuni Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida 2024-2025-oʻquv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni bakalavriatning maktabgacha taʼlim va jismoniy madaniyat taʼlim yoʻnalishlariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha suhbat boʻlib oʻtdi.
Suhbat jarayoniga institutning malakali professor-oʻqituvchilari bilan birgalikda sohada muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan pedagoglar jalb qilinib, abituriyentlarning tayyorgarligi munosib baholandi.
Shuningdek, jarayonning adolatli, ochiq oʻtishi institutning korrupsiyaga qarshi kurash “Komplayens-nazorat” tizimini boshqaruv boʻlimi masʼullari tomonidan nazoratga olindi.
NukusDPI matbuot xizmati.
