Xushxabar! NukusDPI musiqa taʼlimi kafedrasi dotsenti Aygul Nadirova “Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti” faxriy unvoni bilan taqdirlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining oʻttiz uch yilligi munosabati bilan fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, adabiyot, madaniyat, sanʼat sohalari va ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida”gi farmoni bilan Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining musiqa taʼlimi kafedrasi dotsenti Nadirova Aygul Bazarbayevna “Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti” faxriy unvoni bilan taqdirlandi.
Institut rektorati va mehnat jamoasi Aygul Bazarbayevnani chin koʻngildan tabriklab, kelgusi ilmiy-pedagogik hamda ijodiy ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.
NukusDPI matbuot xizmati.