NukusDPI professor-oʻqituvchilari “Mehnat faxriysi” I darajali koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi

Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi Vasiylik kengashining tegishli qarori asosida, mamlakatimizda ilim-fan, taʼlim sohalarining rivojlanishiga munosib hissa qoʻshib, shu bilan birga, yoshlar taʼlim-tarbiyasi yoʻnalishida koʻp yillardan buyon samarali faoliyat yuritib kelayotgan bir guruh faxriy ustozlar qatorida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti matematika oʻqitish metodikasi kafedrasining mudiri, fizika-matematika fanlari doktori, professor Prenov Barliqbay Baraqbayevich hamda botanika, ekologiya va uni oʻqitish metodikasi kafedrasining dotsenti, biologiya fanlari nomzodi Baltabayev Muratbay Toʻrebayevich “Mehnat faxriysi” I darajali koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.

Institut rektorati va mehnat jamoasi ustozlarimiz Barliqbay Baraqbayevich hamda Muratbay Toʻrebayevichni chin yurakdan tabriklab, kelgusi ilmiy-pedagogik faoliyatida muvaffaqiyat tilaydi.

©️NukusDPI matbuot xizmati.