Ikkinchi mutaxassislikka qabul uchun imtihonlarning ikkinchi kuni

Bugun, 27-avgust kuni Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida 2024-2025-oʻquv yili uchun ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlim yoʻnalishlariga qabul uchun imtihonlarning ikkinchi kuni boʻlib oʻtdi.
Imtihonlar bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari xususiyatiga koʻra test va kasbiy (ijodiy) imtihon tarzida oʻtkazildi.
Kirish imtihonlarining adolatli hamda oshkora oʻtishi institutning korrupsiyaga qarshi kurash “Komplayens-nazorat” tizimini boshqaruv boʻlimi mutaxassislari tomonidan nazoratga olindi.
Maʼlumot oʻrnida taʼkidlash joiz, imtihon natijalari tegishli mutaxassislar tomonidan tekshirib boʻlingach institut rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
NukusDPI matbuot xizmati.
