Fotoreportaj. Yangi oʻquv binosi – yangi imkoniyatlar eshigi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining foydalanishga topshirilgan ikki ming oʻrinlik yangi oʻquv binosida yaratilgan sharoitlar bilan tanishamiz.
Yangi oʻquv binosida zamonaviy oʻquv va maʼruza auditoriyalari, eng soʻnggi texnika va texnologiyalar bilan jihozlangan laboratoriyalar, IT-inkubatsiya, axborot-resurs markazlari, bu yilgi oʻquv yilidan boshlab barcha oliy taʼlim muassasalarida joriy etilayotgan registrator ofisi hamda boshqa koʻpgina imkoniyatlar yaratilgan.
NukusDPI matbuot xizmati.
