Mehmonlar institutning yangi oʻquv binosida yaratilgan sharoitlarga yuqori baho berdi

Avval xabar berganimizdek, bundan koʻp yillar oldin xorijga koʻchib ketgan yurtdoshlarimiz respublikamiz boʻylab sayohat qilib, soʻnggi yillarda Prezidentimiz rahbarligida Qoraqalpogʻiston Respublikasini har tomonlama rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan islohotlarning amaliy natijalari bilan tanishmoqda.
Bugun, 29-avgust kuni ular Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining foydalanishga topshirilgan yangi oʻquv binosida boʻlib, bu yerda ilmiy-pedagogik faoliyat olib borish uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi hamda yuqori baho berdi.
©️NukusDPI matbuot xizmati.
