Xushxabar! NukusDPI rektori v.b. Quvondiq Qodirov va kafedra mudiri Erkinbay Tileuov “Maʼnaviyat fidoyisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz uch yilligi munosabati bilan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirgan, yuksak ijtimoiy-ma’naviy muhitni shakllantirish borasida fidokorona mehnat qilgan va samarali natijalarga erishgan, shuningdek, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi ibratli faoliyati hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti rektori v.b. Quvondiq Ayitbayevich Qodirov hamda milliy gʻoya, maʼnaviyat asoslari va huquq taʼlimi kafedrasi mudiri, dotsent Erkinbay Muratbayevich Tileuov “Ma’naviyat fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Koʻkrak nishoni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi qoʻmita raisi Tajibay Romanov tomonidan topshirildi.
Institut mehnat jamoasi nomidan Quvondiq Ayitbayevich hamda Erkinbay Muratbayevichni samimiy tabriklab, kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz!
NukusDPI matbuot xizmati.
