Xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar diqqatiga

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2024/2025 oʻquv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida»gi 2024-yil 19-iyuldagi F-36-son farmoyishi bilan o‘zbek tili va adabiyoti, tarix, madaniyat, san’at va hunarmandchilik yo‘nalishlarida o‘qish istagini bildirgan, xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar uchun 30 ta davlat granti ajratilgan. Shu munosabat bilan vatandoshlar uchun taqdim etiladigan davlat grantlariga talabgorlardan 2024-yil 5-15-sentyabr kunlari arizalar qabul qilinishini ma’lum qiladi. 

Xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlarning respublika davlat oliy ta’lim muassasalariga kirishi uchun davlat grantlari taqdim etish bo‘yicha muvaqqat tartib 

I-bob. Umumiy qoidalar

1. Ushbu tartib respublika davlat oliy ta’lim muassasalarinirıg o‘zbek tili va adabiyoti, tarix, madaniyat, san’at va hunarmandchilik yo‘nalishlariga xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar (keyingi o‘rinlarda – vatandoshlar) uchun davlat grantlari taqdim etish tartibini belgilaydi.

2. Vatandoshlar uchun davlat grantlari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining kunduzgi ta’lim shakliga taqdim etiladi.

3. Vatandoshlar uchun davlat grantlari taqdim etiladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati hamda davlat granti o‘rinlarining tanlov yo‘nalishlari kesimidagi soni har yili Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining takliflariga asosan O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi (keyingi o‘rinlarda – Davlat komissiyasi) tomonidan tasdiqlanadi.

4. Vatandoshlar uchun davlat grantlariga o‘tkaziladigan tanlovlarda (keyingi o‘rinlarda – maxsus tanlovlar) ishtirok etish uchun talabgorlarga quyidagi talablar belgilanadi:

5. shaxsini tasdiqlovchi xujjatlar asosida o‘zi yoki ota-onasi yoxud bobo-momosi:

etnik, til va madaniy-tarixiy nuqtayi nazardan o‘zini o‘zbek yoki qoraqalpoq sifatida identifikatsiya qilgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lishi;

O‘zbekiston hududida tug‘ilib, istiqomat qilgan, biroq, hozirda xorijda doimiy istiqomat qilayotgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lishi;

1. xorijiy fuqaro sifatida Davlat komissiyasi   tomonidan   tasdiqlangan ro‘yxatdagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlaridan biriga abituriyent sifatida ro‘yxatdan o‘tib, suhbat natijalariga ko‘ra talabalikka tavsiya etilgan bo‘lishi;

2. v) 30 yoshga to‘lmagan bo‘lishi;

3. g) o‘zbek tilini bilishi lozim.

2-bob. Talabgorlarning hujjatlarini o‘rganish

5. Vatandoshlar uchun taqdim etiladigan davlat grantlariga talabgorlardan har yili 5-15-sentyabrgacha muayyan oliy ta’lim muassasalari tomonidan tegishli ta’lim yo‘nalishlaridan biriga arizalar qabul qilinadi.

6. Oliy ta’lim muassasalari tomonidan arizalar qabul qilingan talabgorlar ro‘yxati va ular to‘g‘risidagi ma’lumotlar (fuqaroligi, pasport yoki ID nusxasi, tanlangan oliy ta’lim muassasasi, ta’lim yo‘nalishi nomi va boshqalar) har yili 20-sentyabrgacha Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga taqdim etiladi.

7. Ro‘yxati shakllantirilgan   talabgorlarning   arizalari   (ma’lumotlari va hujjatlari) har yili 5-oktyabrgacha Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida tashkil etiladigan ekspert komissiyasi tomonidan o‘rganib chiqiladi.

Ekspert komissiyasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, “Vatandoshlar” jamoat fondining malakali mutaxassislari hamda oliy ta’lim muassasalarining tajribali professor-o‘qituvchilaridan iborat tarkibda tashkil etiladi.

8. O‘rganish natijalariga ko‘ra, ma’lumotlari (hujjatlari) belgilangan talablarga mos deb topilgan talabgorlar ro‘yxati Ekspert komissiyasining bayoni bilan tasdiqlanadi va tanlovga tavsiya etiladi. 

3-bob. Maxsus tanlovlarni o‘tkazish

9. Ekspert komissiyasi tomonidan tanlovga tavsiya etilgan talabgorlar ro‘yxati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan har yili 10-oktyabrga qadar Bilim va malakalarni baholash agentligi, tegishli oliy ta’lim muassasalariga maxsus tanlovlarni o‘tkazish uchun yuboriladi.

10. Maxsus tanlovlar talabgorlar tomonidan tanlangan bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga kirish fanlaridan o‘tkaziladi. Bunda fanlar majmuasiga ko‘ra:

11. kirish imtixonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtixon mavjud bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun har yili 15-oktyabrga qadar tanlangan oliy ta’lim ınuassasasi tomonidan kasbiy (ijodiy) imtixon o‘tkaziladi va natijalar Bilim va malakalarni baholash agentligiga taqdim etiladi;

natijalari oliy ta’lim muassasalari tomonidan taqdim etilgan talabgorlar uchun Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan har yili 25-oktyabrga qadar test sinovlari o‘tkaziladi;

1. kirish imtixonlari test shaklidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan har yili 25-oktyabrga qadar test sinovlari o‘tkaziladi.

2. Maxsus tanlovlar natijalari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan har yili 30-oktyabrga qadar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga taqdim etiladi.

12. Maxsus tanlovlar natijalariga ko‘ra ballar ketma-ketligi bo‘yicha eng yuqori natija qayd etgan talabgorlar tanlov yo‘nalishlari kesimidagi o‘rinlarga muvofiq davlat granti sovrindori hisoblanadi.

13. Vatandoshlar uchun taqdim etilgan davlat grantlari sovrindorlari ro‘yxati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.

14. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining buyrug‘i oliy ta’lim muassasalarining sovrindor talabalarni davlat granti asosida talabalikka qabul qilishga asos bo‘ladi.

To‘lov shartlaridan boshqa holatlar xorijiy fuqarolar uchun belgilangan tartiblar asosida amalga oshiriladi.

15. Ajartilgan davlat granti o‘rinlariga talabalikka qabul qilinganlar uchun umumiy tartibdagi stipendiyalar tayinlanmaydi.

4-bob. Yakunlovchi qoidalar

Ushbu Tartib qo‘llashda yuzaga keladigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.

Mazkur Tartib talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.