NukusDPI masofaviy taʼlim yoʻnalishiga (oʻzbek tili va adabiyoti) talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar diqqatiga!
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti masofaviy taʼlim yoʻnalishiga (oʻzbek tili va adabiyoti) talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar diqqatiga!
2024-2025-oʻquv yilida 1-kursga tavsiya etilgan abituriyentlar 2024-yil 23-sentabrdan 10 kunlik oʻquv jarayonlari bilan tanishtirish va semestr davomida oʻqitiladigan fanlar boʻyicha qisqa oʻquv mashgʻulotlariga chaqiriladi.
Abituriyentlar 2024-yil 23-sentabr kunigacha institut bosh binosidagi 707-xonaga kelib masʼul xodimlarga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari kerak:
1. Pasport (ID-karta) nusxasi;
2. Oʻrta yoki oʻrta maxsus oʻquv yurtini tamomlaganligi haqida hujjatning asl nusxasi;
3. 3,5×4,5 sm hajmdagi 6 dona fotosurat;
4. Imtiyoz berilganligi haqida tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasi (agar bor boʻlsa).