Magistraturaga qo‘shimcha qabul qilish uchun ruxsat berildi

Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan 2024-2025-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul jarayonida talab darajasidagi xorijiy til sertifikatiga ega bo‘lib, qabul kvotasi doirasida talabalikka tavsiya etilmagan talabgorlarni oliy ta’lim muassasalari tomonidan belgilanadigan bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 2 baravaridan ortiq bo‘lmagan miqdordagi to‘lov-kontrakt asosida qabul qilishga ruxsat berildi.

Qoʻshimcha qabul asosida oʻqish istagini bildirgan talabgorlar Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti 6-son oʻquv binosida joylashgan magistratura boʻlimiga murojaat qilishlari soʻraladi.

🔻Manzil: Nukus shahri, P.Seytov koʻchasi 19-uy.

➡️Moʻljal: 26-kichik tumani.

📍Geolokatsiya: https://maps.app.goo.gl/mEm817qYYHzdPK3v6

❗️Eslatma: Xorijiy til va adabiyot (inglis tili) magistratura mutaxassisligiga qoʻshimcha qabul amalga oshirilmaydi.

NukusDPI matbuot xizmati.