Xushxabar! NDPI talabasi Dinara Utemuratova «Yil talabasi» tanlovining respublika bosqichida 3-o‘rinni egalladi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat fakultetining 2-kurs talabasi Dinara Utemuratova «Yil talabasi» tanlovining respublika bosqichida «Yilning eng faol sportchi talabasi» nominatsiyasi bo‘yicha faxrli 3-o‘rinni egalladi va diplom, statuetka hamda bazaviy hisoblash miqdorining 8 baravari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Institutning yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Qarjavboy Reymov Dinara Utemuratovani erishgan yutuqlari bilan tabriklab, kelgusi o‘quv va sport musobaqalarida omad tiladi.

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joiz, Dinara Utemuratova regbi-7 bo‘yicha O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston terma jamoalari a’zosi bo‘lib, respublika va xalqaro musobaqalarda yuqori natijalarni qo‘lga kiritib kelmoqda.

NukusDPI matbuot xizmati.