Yoshlar intellektual o‘yinda o‘z bilimlarini sinab ko‘rdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi bilan hamkorlikda talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida fakultetlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

Intellektual o‘yinda har bir fakultetdan ikkitadan jamoa ishtirok etdi va unda talaba-yoshlar jami 20 ta savol asosida o‘zlarining bilimlari hamda mantiqiy fikrlash darajasini sinovdan o‘tkazdi.

O‘ta qizg‘in tarzda o‘tgan o‘yin yakunida umumiy 15 ochko to‘plagan Turkiy tillar fakultetining “Marilyn” jamoasi 1-o‘rinni, 14 ochko bilan Fizika-matematika fakultetining “Alfa” jamoasi 2-o‘rinni, 13 ochko to‘plagan Tarix fakultetining “Dominators” jamoasi faxrli 3-o‘rinni egalladi.

G‘olib va sovrindorlar O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi tomonidan taqdirlandi.

NukusDPI matbuot xizmati.