Xalq shoiri Tileubergen Jumamuratovning 110 yilligiga bag‘ishlangan adabiy kecha tashkil etildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Maktabgacha ta’lim fakulteti tomonidan O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq shoiri Tileubergen Jumamuratov tavalludining 110 yilligiga bag‘ishlangan “Dengiz to‘lqinidek mavjlangan iste’dod” nomli adabiy kecha o‘tkazildi.

Tadbirni institutning yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori vazifasini vaqtincha bajaruvchisi Qarjaubay Reymov boshqarib bordi.

Adabiy kechaga Tileubergen Jumamuratovning qizi, taniqli shoir, Qoraqalpoq davlat universiteti jurnalistika kafedrasi professori Malika Jumamuratova, institut axborot-resurs markazi xorijiy axborot-kutubxona resurslari bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Rita Amanbayeva, Maktabgacha ta’lim fakulteti jamoasi va talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Kechada so‘zga chiqqanlar mashhur so‘z zargari Tileubergen Jumamuratovning g‘oyat boy ijodi, xususan, she’riy, nasriy, dramatik va publitsistik janrlarda qalam tebratib, adabiyotimizni dunyo xalqlariga tanitganligi va kelajak avlodlarga bebaho meros qoldirganligi haqida ma’lumotlar berdi.

Adabiy kecha iqtidorli talabalar ijrosidagi badiiy-adabiy bo‘lim bilan davom etdi.

NukusDPI matbuot xizmati.