“To‘maris” xalq ansambli a’zolari uchun Buxoroga sayohat tashkil etildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan “To‘maris” ashula va raqs xalq ansambli a’zolari uchun tarixiy Buxoro shahriga sayohat tashkil etildi.

Institut rektorati va kasaba uyushmasi qo‘mitasi o‘rtasida tuzilgan jamoat shartnomasi bandlari ijrosini ta’minlash, ichki turizmni rivojlantirish, shuningdek, yoshlarning madaniy hordiq chiqarishini samarali tashkil etish maqsadida o‘tkazilgan sayohat davomida ansambl a’zolari tarixiy-me’moriy obidalar, qadamjolar bilan tanishdi.

Sayohat ishtirokchilarda katta taassurotlar qoldirdi.

NukusDPI matbuot xizmati.