Yoshlar o‘rtasida tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida yoshlar o‘rtasida turli yuqumli kasalliklarning oldini olish, OITS va OIV infeksiyasiga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Qoraqalpog‘iston Respublikasi OITSga qarshi kurash markazi shifokorlari Dilfuza Taxirova va Aqgulay Pirmanova, institutning zoologiya, odam morfofiziologiyasi va uni o‘qitish metodikasi kafedrasining katta o‘qituvchisi Lola Romanova, fakultet dekanlari o‘rinbosarlari, tyutorlar va talabalar ishtirok etdi.
Tadbirni institutning yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori vazifasini vaqtincha bajaruvchisi Qarjaubay Reymov boshqarib bordi.
Uchrashuvda soha vakillari tomonidan yoshlar o‘rtasida OITS va OIV infeksiyasiga chalinish holatlarining oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar berilib, yoshlarga bu illatdan uzoq yurish, o‘z salomatligini asrash uchun nimalarga ahamiyat qaratish kerakligi tushuntirildi.
Yoshlarga bunday zararli illatlardan saqlanish bo‘yicha profilaktik ko‘nikmalar berildi.
Ayniqsa, bunda eng avvalo har bir talabaning psixologik holatini yaxshilab, bu illatlarning zararli oqibatlari haqida tushuncha va unga qarshi psixologik immunitet hosil qilish eng samarali yo‘l ekanligi ta’kidlandi.
NukusDPI matbuot xizmati.
