Defektolog va logoped mutaxassislar uchun seminar-trening tashkil etildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Maktabgacha ta’lim fakulteti maktabgacha tarbiya va defektologiya kafedrasi assistent-o‘qituvchisi Azizbek Tajimuratov tomonidan Chimboy tumanidagi 24-son ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotida defektolog va logoped mutaxassislar uchun seminar-trening o‘tkazildi.

“4+2” formatidagi dual ta’lim dasturlari asosida hamkorlikni amalga oshirish maqsadida bo‘lib o‘tgan seminar-treningda ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti defektologlari va tumandagi inklyuziv sinf mutaxassislari, maktab logopedlari ishtirok etdi.

Ishtirokchilar “Nutqi to‘liq rivojlanmagan bolalar bilan ishlashning 8 bosqichi” mavzusida bilimlarga ega bo‘ldi va ko‘nikmalarini amaliy mashg‘ulotlar davomida mustahkamladi.

Seminar yakunida institut o‘qituvchisi Azizbek Tajimuratov ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotiga o‘z muallifligidagi “Maktabgacha va kichik maktab yoshidagi bolalarda tovushlarni talaffuz qilishdagi kamchiliklarni bartaraf etish” nomli qo‘llanmasini sovg‘a qildi.

??????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????