Talaba-yoshlar uchun davlat stipendiyalari va startap loyihalar tanlovlari haqida tushunchalar berildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish bo‘limi tomonidan qiziquvchi talaba-yoshlar ishtirokida targ‘ibot va tushuntirish ishlari olib borildi.

Tadbirda bo‘lim boshlig‘i Q.Tashanov institut talabalari uchun tashkil etilgan Ajiniyoz Qosiboy o‘g‘li nomidagi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomdor davlat stipendiyalari tanlovlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, shuningdek, boshqa tashkilotlar tomonidan yoshlarning innovatsion g‘oyalari, startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilayotgan respublika tanlovlari haqida ma’lumotlar berdi.

O‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlarida nomdor davlat stipendiyalari hamda respublika innovatsion-texnologik tanlovlarida g‘olib bo‘lgan talabalar va magistrantlar yoshlarga ilmiy maqolalar va tezislar yozish, tanlovlar haqida ma’lumot olish, ularda ishtirok etish, startap loyihalarni ishlab chiqish bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.