Qonunning mazmun-mohiyati tushuntirildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Tarix fakultetida O‘zbekiston Respublikasining “Ma’muriy islohotlar doirasida ta’lim sohasida davlat boshqaruvi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunining mazmuni va ahamiyatini tushuntirishga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda fakultet dekanining o‘rinbosari D.Reymov, milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi kafedrasi professori T.Kudaybergenova, ushbu kafedra mudiri vazifasini vaqtincha bajaruvchisi Sh.Tanimov, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar va talabalar ishtirok etdi.

Uchrashuvda professor T.Kudaybergenova so‘zga chiqib, so‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ma’muriy islohotlar doirasida oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar, maktabgacha va maktab ta’limi sohalarida davlat boshqaruvi tizimi takomillashtirilayotganligi, ushbu sohalardagi bir qator respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari belgilab berilganligini ta’kidladi.

Ishtirokchilarga Qonun asosida kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.