Xodimlar o‘rtasida mehnat huquqi bilan bog‘liq masalalar yuzasidan fikr almashildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi mas’ul mutaxassislari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Kegeyli tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi davlat mehnat huquqi bo‘yicha inspektori B.Asqarov institut professor-o‘qituvchilari, fakultet dekanlari o‘rinbosarlari, tyutorlar va boshqa xodimlarga aholi, shu jumladan, voyaga yetmaganlar ishtirokida bolalar mehnatining oldini olish, ularning salbiy oqibatlari haqida tushuntirish ishlarini olib bordi.
Tadbirda davlat mehnat huquqi bo‘yicha inspektori bugungi kunda mamlakatimizda inson huquqlari, ayniqsa, fuqarolarning mehnat huquqlarini ta’minlash borasida qilinayotgan ishlar haqida ma’lumotlar berdi.
