25-fevral – Jo‘xori gurtik kuni

Xabaringiz bor, 2023-yildan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasida 25-fevral jamoatchilik tashabbusi asosida “Jo‘xori gurtik kuni” sifatida xalqimiz orasida keng tarzda nishonlanib kelinmoqda.
Har yili shu sanada xalqimiz katta hamjihatlik namunasini ko‘rsatib, nafaqat oilalarda dasturxon atrofida, balki mehnat jamoalari, o‘quv yurtlari, kafe va restoranlarda ham yuqori ko‘tarinkilik bilan o‘tkazilmoqda.
Albatta, bunday tashabbuslar ajdodlarimizdan meros bo‘lib kelayotgan an’analarni kelgusi avlodlarga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Sana munosabati bilan Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida ham bir qator madaniy tadbirlar tashkil etilmoqda. Bular haqida keyingi materiallarimizda so‘z yuritamiz.
Bugungi bayram barchaga muborak bo‘lsin!
NukusDPI matbuot xizmati.
