NukusDPIda “Talabalar teatr studiyalari festivali” o‘tkazilmoqda

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida talaba-yoshlarning teatr san’atiga bo‘lgan qiziqishini va ma’naviy kamolotga yo‘naltirish orqali amalga oshirilayotgan madaniy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish hamda iqtidorli yoshlarga o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish uchun sharoit yaratish, shuningdek, ularni rag‘batlantirish maqsadida “Talabalar teatr studiyalari festivali” tashkil etildi.

Festivalda institutning barcha fakultetlaridan jamoalar ishtirok etmoqda.

Bugun, 25-fevral – festivalning birinchi kunida Boshlang‘ich ta’lim fakulteti “Zulmatdan yorug‘lik tomon”, Tarix fakulteti “Hayot so‘qmoqlari”, Pedagogika fakulteti “Oila – baxtning boshlanishi”, Fizika-matematika fakulteti “Do‘stlik darmoni”, Turkiy tillar fakulteti “So‘ngan yulduz” nomli sahna ko‘rinishlarini tomoshabinlar va hakamlar hay’ati a’zolari e’tiboriga havola etdi.

“Talabalar teatr studiyalari festivali”ning ikkinchi kuni 26-fevral kuni davom etadi.

Festival yakunlari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot e’lon qilinadi.

NukusDPI matbuot xizmati.