Institutda “Deputat va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, Yoshlar masalalari bo‘yicha komissiya raisi Shaxnoza Joldasova va institut faol talaba-yoshlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda deputat yoshlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yilning 14-fevral kuni mamlakatimiz yoshlari bilan bo‘lib o‘tgan muloqoti, uchrashuvda yoshlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish, ularga yanada keng imkoniyatlar yaratish chora-tadbirlari muhokama qilinib, faol yoshlarning takliflari tinglangani haqida ma’lumot berdi.
Shu bilan birga, mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, so‘nggi yillarda qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun qaratilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rliklar, bilimli, zukko, iqtidorli yoshlarni aniqlash maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar haqida fikr almashildi.
Yoshlar deputatga Oliy Majlis Qonunchilik palatasida normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish jarayoni, yoshlarning takliflari asosida yo‘lga qo‘yilayotgan loyihalar to‘g‘risida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldi.
NukusDPI matbuot xizmati.
