Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sohibalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan O‘zbekiston xalq shoiri Zulfiya Isroilova tavalludining 110 yilligi munosabati bilan shoira nomi berilgan davlat mukofoti sohibalari bo‘lgan qoraqalpog‘istonlik xotin-qizlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Chet tillari fakulteti dekanining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Miyirxan Allaniyazova tomonidan tashkil etilgan uchrashuvda Zulfiya nomidagi davlat mukofoti laureatlari – O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining tayanch doktoranti Aysholpan Orazimbetova, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Operativ vazifalarni bajaruvchi ko‘chma otryadi (MOON) mutaxassisi, katta leytenant Sapura Qayipnazarova, Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti musiqa ta’limi kafedrasi o‘qituvchisi Erkinay Orinbayevalar shoiraning hayoti va ijodi, davlat mukofotining ta’sis etilishi va kimlarga berilishi, shuningdek, mukofotni olish yo‘lidagi mehnatlari, amalga oshirayotgan ishlari haqida ma’lumot berdi.

Tadbirda talaba qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

NukusDPI matbuot xizmati.