Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan Toshkent shahriga sayohat tashkil etildi

Joriy yilning 26-fevral va 1-mart kunlari oralig‘ida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan respublikamiz miqyosida ichki turizmni rivojlantirish maqsadida Toshkent shahriga sayohat tashkil etildi.
Institut rektorati bilan tuzilgan jamoat shartnomasining ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan sayohatga professor-o‘qituvchilar va texnik xodimlardan iborat 30 ga yaqin kishi qatnashib, mazmunli dam olib qaytdi.
Sayohat davomida institut professor-o‘qituvchilari va texnik xodimlari Toshkent shahrining tarixiy va madaniy-ko‘ngilochar maskanlarida bo‘lib, shahar tarixi, bugungi hayoti haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldi.
Sayohat doirasida dam oluvchilar uchun turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar ham tashkil etildi.
