NukusDPIda xotin-qizlar bayramiga bag‘ishlangan sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami munosabati bilan xotin-qizlardan iborat professor-o‘qituvchilar o‘rtasida voleybol bo‘yicha institut birinchiligi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada institutning barcha fakultetlari hamda sirtqi ta’lim bo‘limi professor-o‘qituvchilaridan tuzilgan jamoalar ishtirok etdi.
Xotin-qizlar o‘rtasida sport va sog‘lomlashtirish tadbirlarini targ‘ib qilish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish va bayram arafasida rag‘batlantirish maqsadida o‘tkazilgan musobaqa juda qizg‘in tarzda davom etdi.
Shunday qilib, musobaqa yakunida:
1-o‘rinni – Jismoniy madaniyat fakulteti;
2-o‘rinni – Sirtqi ta’lim bo‘limi;
3-o‘rinni – Chet tillari fakulteti jamoasi egalladi.
Musobaqa g‘olib va sovrindorlari institut sport klubi tomonidan tayyorlangan bayram sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Institutda bayramga bag‘ishlangan tadbirlar davom etmoqda.
NukusDPI matbuot xizmati.
