Talabalar turar joyida bayramga bag‘ishlangan tanlov bo‘lib o‘tdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti 1-sonli talabalar turar joyida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami munosabati bilan talaba-qizlar o‘rtasida “Ko‘k somsa” pazandalik tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovda Surxondaryo, Navoiy, Xorazm viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasining turli tumanlaridan bo‘lgan ishtirokchilar bahor taomi – ko‘k somsa tayyorlash bo‘yicha o‘zlarining pazandalik mahoratlarini namoyish etishga harakat qildi.

Tanlovda ishtirokchilarning tayyorlagan taomlari Nukus shahar hokimining o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Dilyafruz Qutlimuratova, institut rektorining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sayyora Bekchanova va institut atrofidagi mahalla fuqarolar yig‘inlarining xotin-qizlar faollari tomonidan baholandi.

Barcha ishtirokchilarga diplomlar va kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan tayyorlangan bayram sovg‘alari topshirildi.

NukusDPI matbuot xizmati.