Investitsiyalarni jalb qilish va eksport salohiyatini oshirishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Tashqi beg‘araz ko‘mak mablag‘larini (grantlar) jalb etish va donorlar bilan ishlash bo‘limi bilan hamkorlikda xorijiy investitsiya mablag‘larini jalb etish va eksport ko‘rsatkichlarini oshirish imkoniyatlariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Tashqi beg‘araz ko‘mak mablag‘larini (grantlar) jalb etish va donorlar bilan ishlash bo‘limi ijtimoiy soha bosh mutaxassisi Begis Sultamuratov, Hududiy iqtisodiy rivojlanishga ko‘maklashish markazi Qoraqalpog‘iston bo‘limi boshlig‘i Amangeldi Nurmanbetov, institutning Jismoniy madaniyat fakulteti jamoasi va tegishli mas’ul mutaxassislar ishtirok etdi.
Seminarda joriy yilning yanvar oyida davlatimiz rahbari tomonidan investitsiyalarni keng jalb qilish va eksportni oshirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ahamiyati haqida ma’lumotlar berildi.
Ushbu vazifalardan kelib chiqib, oliy ta’lim muassasalarida xorijiy investitsiyalar va grant mablag‘larini jalb qilish, shuningdek, ta’lim eksportini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Seminar davomida institutning investitsiyalarni jalb qilish imkoniyatlari va mavjud muammolar hamda ularning yechimlari to‘g‘risida fikr almashildi.
