NukusDPI talabasi matematika bo‘yicha fan olimpiadasida faxrli 3-o‘rinni egalladi

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi oliy ta’lim muassasalarining bilimli, zukko va iqtidorli talaba-qizlari o‘rtasida matematika fanidan “Rektor kubogi” olimpiadasi bo‘lib o‘tdi.

Fan olimpiadasida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Fizika-matematika fakultetining 4-kurs talabasi Umida Allayarova faxrli 3-o‘rinni egalladi va tashkilotchilar tomonidan taqdirlandi.

Fan olimpiadasini tashkil etishdan asosiy maqsad – bilimli va iqtidorli talaba-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ilmiy salohiyati hamda matematika faniga bo‘lgan qiziqishini oshirishdan iborat.