NukusDPI akademik litseyi o‘quvchilari institutda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi

So‘nggi yillarda mamlakatimizda kelajak egalari bo‘lgan yoshlarni oliy ta’limga qamrab olish darajasini oshirish, ularning ta’lim olishi va kasb-hunar egallashi uchun zarur sharoitlarni yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti akademik litseyida o‘qiyotgan o‘quvchi-yoshlarni kasbga yo‘naltirish, shuningdek, ularni institutda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.

Tadbir doirasida o‘quvchilar institutning yangi o‘quv binosi va bu yerda o‘quv, ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan amaliy ishlar, imkoniyatlar va sharoitlar bilan tanishdi.

Institutda talaba-yoshlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlari davom etmoqda.

NukusDPI matbuot xizmati.