Xushxabar! NukusDPI qizlar voleybol jamoasi “Talabalar ligasi” sport musobaqalarining final bosqichiga yo‘llanma oldi

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti sport saroyida Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha “Talabalar ligasi” sport musobaqalarining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Unda Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining qizlar voleybol jamoasi barcha raqiblarini yengib chiqib, musobaqaning respublika final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Sportchi qizlarni musobaqaga sport faxriysi Azat Kazakov tayyorladi.
Voleybolchi qizlarimizga respublika bosqichida yuqori natijalarga erishishini tilab qolamiz.
