NukusDPIda “Yashil makon” aksiyasiga start berildi

Bugun, 15-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Jizzax shahrida o‘tkazilayotgan Hay’at yig‘ilishi doirasida respublikamizdagi barcha oliy ta’lim muassasalarida “Yashil makon” umummilliy loyihasiga start berildi.

Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov boshchiligidagi vazirlik mutasaddilari, hududiy boshqarmalar va oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, shuningdek, respublikamizning barcha hududlaridagi studiyalar orqali oliy ta’lim muassasalari jamoalari onlayn tarzda ishtirok etdi.

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti jamoasi va faol talaba-yoshlari ushbu ekologik marafonda faol ishtirok etib, institut bog‘iga daraxt ko‘chatlarini o‘tqazdi va ularga suv quydi.

Institutning iqtidorli talabalari jo‘shqin qo‘shiqlarni ijro etib, marafon ishtirokchilariga xush kayfiyat ulashdi.

Institutda “Yashil makon” aksiyasi doirasida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda.

NukusDPI matbuot xizmati.