Malayziyaning Sulton Idris ta’lim universiteti professorlari ishtirokida onlayn vebinar tashkil etildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida QS Quacquarelli Symonds reytingi bo‘yicha dunyoning eng yaxshi universitetlarining “TOP-1000”lik ro‘yxatiga kiruvchi Malayziyaning Sulton Idris ta’lim universiteti (UPSI) bilan hamkorlikda onlayn vebinar tashkil etildi.

Tadbirda Sulton Idris ta’lim universiteti prorektori, professor Ridzvan Che Rus va professorlar Xazaila Binti Zaini, Puteri Zarina Megat Xalid, shuningdek, doktor Sabariah Sulayman, institutning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori vazifasini vaqtincha bajaruvchisi P.Kalxanov, kafedralar boshliqlari, 30 dan ortiq professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.

“SCOPUS-Indexed Journal Writing: Game-Changing Hacks” mavzusida onlayn formatda o‘tkazilgan vebinarda malayziyalik professorlar “SCOPUS” bazasiga kiruvchi jurnallar, shuningdek, Q1, Q2, Q3, Q4 va boshqa jurnallarda ilmiy maqolalarni chop etish bo‘yicha ishtirokchilarga zarur bilim va ko‘nikmalar berdi.

Eslatib o‘tamiz, Malayziyaning Sulton Idris ta’lim universiteti va Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti o‘rtasida joriy yilning fevral oyida bo‘lib o‘tgan “O‘zbekiston-Malayziya I ta’lim forumi” doirasida hamkorlik memorandumi tuzilgan edi. Onlayn vebinar ushbu memorandum asosida tashkil etildi.

NukusDPI matbuot xizmati.