NukusDPIda “Rektor kubogi” sport musobaqalariga start berildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti sport klubi tomonidan talaba-yoshlar orasida sportni ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, mahoratli sportchi yoshlarni aniqlash va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida sport turlari bo‘yicha “Rektor kubogi” musobaqalariga start berildi.
Tadbirda institut sport klubi raisi o‘rinbosari Miralim Allanazarov so‘zga chiqib, yoshlar o‘rtasida sportni ommalashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtalib o‘tdi.
Shunday qilib, “Rektor kubogi” sport musobaqalari basketbol bo‘yicha bellashuvlar bilan boshlandi.
Erkaklar va talaba-qizlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan musobaqada barcha fakultetlardan jamoalar ishtirok etmoqda.
Musobaqa yakunlari haqida ma’lumot beriladi.
Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joiz, institutda o‘quv yili davomida basketbol, voleybol, mini futbol, shaxmat, stol tennisi va shu kabi o‘nlab sport turlari bo‘yicha “Rektor kubogi” musobaqalari davom etadi.
NukusDPI matbuot xizmati.
