Atoqli olim Komiljon Tashanov xotirasiga bag‘ishlangan kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti axborot-resurs markazida filologiya fanlari nomzodi, dotsent Komiljon Tashanovning yorqin xotirasiga bag‘ishlab yozilgan “IBRATLI UMR O‘CHMAS XOTIRA” nomli kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda institutning yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori vazifasini vaqtincha bajaruvchisi Qarjaubay Reymov, o‘zbek adabiyoti kafedrasi a’zolari, talaba-yoshlar va olimning oila a’zolari hamda yaqinlari ishtirok etdi.
Ishtirokchilar adabiyotshunos olimning ibratli hayoti, mehnat yo‘li, ilmiy ishlari, ayniqsa, ustozning ezgu fazilatlarini yodga oldi.
Tadbir yakunida olimning hayot yo‘liga bag‘ishlangan kitob ishtirokchilarga taqdim etilib, institutning axborot-resurs markazi fondiga topshirildi.
NukusDPI matbuot xizmati.
