Ellikqal’ada “Yashil makon” aksiyasi

Bugun, 22-mart kuni Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti rektori Quvondiq Qodirov Ellikqal’a pedagogika fakultetida talaba-yoshlar va professor-o‘qituvchilar bilan birgalikda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida fakultet atrofidagi yerlarga har xil daraxt ko‘chatlarini o‘tqazdi.
Fakultetda joriy yil bahor mavsumida jami ikki ming tup mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini ekish belgilangan bo‘lib, bugungi ekologik aksiya doirasida 650 tup ko‘chatlar o‘tqazildi.
Institutda “Yashil makon” aksiyasi doirasida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda.
NukusDPI matbuot xizmati.
