Yoshlar yurtimizni yashil makonga aylantirishga o‘z hissasini qo‘shmoqda
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti jamoasi va talaba-yoshlari mamlakatimizda ekologik barqarorlikni ta’minlash, atrof-muhitni muhofaza qilish va shu orqali aholining turmush tarzini yaxshilashga yo‘naltirilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini davom ettirmoqda.
24-mart kuni institutning faol talabalari poytaxtimizdagi “Shadli aul” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi ajratilgan yer maydonida ko‘chat ekish ishlarini olib bordi.
Bu yerda yoshlar ustozlari bilan birgalikda mahalliy iqlimga moslashgan turli daraxt ko‘chatlarini o‘tqazdi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil bahor mavsumida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida institutimiz tomonidan poytaxtimiz Nukus shahri va uning atrofida “yashil belbog‘” yaratish maqsadida 11 ming tup mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini ekish rejalashtirilgan.
Institutda aksiya doirasidagi obodonlashtirish tadbirlari davom etmoqda.
NukusDPI matbuot xizmati.