Matbuot anjumani: Talaba-yoshlar o‘rtasida sport va sog‘lomlashtirish tadbirlarini targ‘ib qilish masalalariga bag‘ishlandi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida talaba-yoshlarni sport va sog‘lomlashtirish tadbirlariga keng jalb etish, ular orasida sportni ommalashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda institut rektori Quvondiq Qodirov, barcha prorektorlar, fakultetlar dekanlari, sport klubi mas’ul mutaxassislari, shuningdek, respublika va mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalistlar hamda jamoatchilik fikri faollari ishtirok etdi.
Dastlab tadbir ishtirokchilari institutda tantanali ravishda foydalanishga topshirilayotgan sport majmuasi va katta sport maydonida bo‘lib, bu yerda yoshlarning muntazam ravishda sport bilan shug‘ullanishi uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
Ushbu obyektlarda institut rektori va tegishli mutasaddilar tadbir ishtirokchilariga batafsil ma’lumotlar berdi.
Shundan so‘ng ommaviy axborot vositalari vakillari tegishli mutasaddilar bilan suhbat o‘tkazib, qiziqtirgan savollariga javob oldi.
NukusDPI matbuot xizmati.
