Basketbol bo‘yicha “Rektor kubogi” g‘oliblari aniqlandi

Xabaringiz bor, Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti sport klubi tomonidan talaba-yoshlar orasida sportni ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, mahoratli sportchi yoshlarni aniqlash va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida sport turlari bo‘yicha “Rektor kubogi” musobaqalariga start berilgan edi.
Basketbol bo‘yicha erkaklar va talaba-qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqada g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, institut sport klubi tomonidan rag‘batlantirildi.
Shunday qilib, erkaklar orasida:
1-o‘rin va “Rektor kubogi” – Jismoniy madaniyat;
2-o‘rin – Fizika-matematika;
3-o‘rin – Tabiiy fanlar fakultetlari;
Talaba-qizlar orasida:
1-o‘rin va “Rektor kubogi” – Jismoniy madaniyat;
2-o‘rin – Xorijiy tillar;
3-o‘rin – Fizika-matematika va Maktabgacha ta’lim fakultetlari talabalariga nasib etdi.
Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joiz, institutda o‘quv yili davomida basketbol, voleybol, mini futbol, shaxmat, stol tennisi va shu kabi o‘nlab sport turlari bo‘yicha “Rektor kubogi” musobaqalari davom etadi.
NukusDPI matbuot xizmati.
