Ta’ziya

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti axborot-resurs markazi elektron axborot-resurslar bo‘limi boshlig‘i Qurbanbayeva Katisha Sultanovna bevaqt olamdan ko‘z yumdi.

Katisha Qurbanbayeva 1982-yili Nukus davlat universitetida (hozirgi Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti) “Nukus universiteti” gazetasining musahhihi sifatida mehnat faoliyatini boshlagan bo‘lsa, 1994-yildan Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida metodist, o‘qituvchi, ilmiy bo‘lim katta inspektori, devonxona bo‘limi boshlig‘i, resurslar bo‘limi boshlig‘i kabi mas’uliyatli lavozimlarda fidoyilik bilan faoliyat olib bordi.

Uning yoshlar ta’lim-tarbiyasidagi samarali mehnatlari, bag‘rikengligi va yuksak insoniy fazilatlari institutimiz jamoasining, barcha talaba-yoshlarning xotirasida abadiy saqlanib qoladi.

Marhumning yaqinlari, qarindosh-urug‘lari, hamkasblari va shogirdlariga chuqur ta’ziya izhor etamiz.

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti rektorati, jamoat tashkilotlari va axborot-resurs markazi jamoasi.