Futbol bo‘yicha “Rektor kubogi” sport musobaqasiga start berildi

Bugun, 2-aprel kuni Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti sport klubi tomonidan talaba-yoshlar orasida sportni ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, mahoratli sportchi yoshlarni aniqlash va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida futbol bo‘yicha “Rektor kubogi” sport musobaqasiga start berildi.

Tadbirda institut rektori Quvondiq Qodirov so‘zga chiqib, xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz o‘rtasida sportni ommalashtirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, jismonan yetuk, sog‘lom avlodni tarbiyalash borasida samarali ishlar amalga oshirilayotganligini ta’kidladi.

Shu maqsadda institutimizda yaqinda foydalanishga topshirilgan sport majmuasi va katta sport maydoni yoshlarimiz uchun katta imkoniyatlar eshigini ochishi shubhasiz.

Tadbirda rektor yoshlarni sport bilan muntazam shug‘ullanib, yuqori natijalarga erishishga chaqirdi va ularni doimo qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.

Shunday qilib, institutning barcha fakultetlari jamoalari ishtirokida futbol bo‘yicha “Rektor kubogi” sport musobaqasiga start berildi.

Musobaqa yakunlari haqida qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Institutda yoshlar o‘rtasida sport musobaqalari davom etmoqda.

NukusDPI matbuot xizmati.